ZibrockZIBROCK

HAMKOR — BIZ SEN BILAN BIRGA O'SAMIZ

Scaling 2 000 000 gacha

Yechib olingan pul 30 daqiqada hamyoningizga tushadi

ENG KO'P TANLANGAN
0$
atigi $0
Boshlash

SCALING TIZIMI

Yaxshi natija ko'rsating va keyingi bosqichga o'ting.

Zibrock'da scaling tizimi natijalaringiz bilan birga o'sib boradi. Savdoni $10 000 kapitaldan boshlashingiz mumkin va barqaror natija ko'rsatganingiz sari kapitalingiz bosqichma-bosqich $2 000 000 gacha oshadi. Shu bilan birga, foydadan oladigan ulushingiz ham 70% dan 100% gacha ko'tariladi.

  1. 01Hisob
  2. 02Challenge
  3. 03A-book
  4. 04Scaling
Sening kapitalingSavdo muddatiDaromad ulushiHar oylik mukofotHamkorlik darajasiRol
10 000$1 oy70 / 30—HamkorTreyder
25 000$1 oy70 / 30—HamkorTreyder
50 000$2 oy70 / 30—HamkorTreyder
100 000$2 oy70 / 30—Club a'zosiAmbasador
200 000$2 oy70 / 30—Club a'zosiAmbasador
300 000$2 oy70 / 30—Club a'zosiAmbasador
500 000$3 oy80 / 202 000$Club lideriMentorship
750 000$3 oy80 / 203 000$Club lideriMentorship
1 000 000$6 oy90 / 105 000$ZIBROCK jamoasiKompaniya yuzi
1 500 000$6 oy90 / 107 000$ZIBROCK jamoasiKompaniya yuzi
2 000 000$12 oy100 / 010 000$ZIBROCK jamoasiEksklyuziv takliflar va maxsus shartnoma
  • Profit target: har bir bosqichda 3-7%.
  • Scaling: qoidalarga rioya qiling va barqaror savdo natijasini ko'rsating
  • muvaffaqiyatli treyderlarning savdolari real bozorda copy qilinishi mumkin

Zibrock'dan payout olgan treyderlar

Funded hisobda foyda qilgan treyderlarimiz va ularning real natijalari. Har bir sertifikat - Zibrock tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy payout.

Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati

Hamkorlar bilan tanishuv

SIZ QANDAY TREYDERSIZ?

Har bir treyderning yo'li har xil. Kimdir endi boshlagan, kimdir barqaror natija izlayapti, boshqasiga esa o'sish uchun kattaroq kapital kerak. Qaysi bosqichda ekaningizni tanlang va Zibrock sizga qanday yordam bera olishini ko'ring.

0–12 oy

Yangi treyder

Treyding asoslarini bilasiz, lekin hali aniq tizim shakllanmagan. Turli strategiya va signallarni sinab ko'ryapsiz, natijalar esa har doim ham bir xil emas.

Zibrock sizga nima taklif qiladi?

Batafsil
Eng ko'p uchraydi

1–3 yil

Tajribali treyder

Bozorda tajribangiz va foydali savdolaringiz bor, lekin natijani hali barqaror ushlab turolmayapsiz. Yaxshi oylar ortidan zararli oylar ham kelib turadi.

Zibrock sizga nima taklif qiladi?

Batafsil

3–7 yil

Barqaror treyder

Strategiyangiz ishlaydi va barqaror natija ko'rsata olasiz. Lekin o'z kapitalingiz kichik bo'lsa, yaxshi natija ham katta daromadga aylanishi qiyin.

Zibrock sizga nima taklif qiladi?

Batafsil

7–12 yil

Professional treyder / Ustoz

Bozorda katta tajribangiz bor, o'z strategiyangiz shakllangan va ehtimol, sizni kuzatadigan auditoriyangiz yoki o'quvchilaringiz ham bor.

Zibrock sizga nima taklif qiladi?

Batafsil

BIZ QANDAY BOSHLADIK

$870 000zarar

Birinchi qadamimizning narxi.

Biznesda 10 yillik tajribamiz va bir nechta muvaffaqiyatli loyihalarimiz bor edi. Treydingga kirganimizda ham hammasi oddiy ko'rindi: kuchli treyderlarni topamiz, ularga kapital beramiz va birga daromad qilamiz.

Biz tajribali treyderlarga, katta jamoalarga, fondlarga va mashhur kurslarga ishondik. Ularga kapital berdik, lekin natija deyarli har safar bir xil bo'ldi - zarar. Ikki yil davomida buning uchun $870 000 yo'qotdik.

Shunda bitta narsani tushundik: muammo faqat yaxshi treyderni topishda emas edi. Treyderga kapital berishning o'zi yetarli emas. Riskni boshqaradigan, natijani tekshiradigan va kuchli treyderlarni ajratib oladigan tizim kerak edi.

Muammo treyderda emas, tizimda edi.

Shu $870 000 zarar bizga bugungi Zibrock tizimini yaratish uchun kerak bo'lgan tajribani berdi.

PSIXOLOGIYA STRATEGIYADAN KAM EMAS

Nega treyderlar bilgan xatolarini baribir takrorlaydi?

Gap bilim yetishmasligida emas. Grafikdan uzoqda bo'lganingizda hammasi tushunarli: qayerda kirish, qancha risk qilish va qachon to'xtash kerakligini bilasiz. Lekin real pul xavf ostida bo'lganda emotsiyalar aralashadi va oddiy qoidalarga amal qilish ham qiyinlashadi.

Foyda qilganingizda ko'proq savdo qilish istagi paydo bo'ladi. Zarar qilganingizda esa pulni tezroq qaytarib olishga urinasiz. Natijada risk oshadi, keraksiz savdolar ochiladi va strategiya ikkinchi o'ringa tushib qoladi.

Bu shunchaki intizom masalasi emas.

Shuning uchun treyderga faqat strategiya emas, emotsiya ta'sirida katta xato qilishga yo'l qo'ymaydigan tizim ham kerak.

Sababi miyangda yoziladi

Yutganingda — dofamin

"Ko'proq" deydi

risk o'sadi

Yo'qotganingda — kortizol

"Qasos ol" deydi

qasos savdosi boshlanadi

Ilmiy asos

Bu — bizning fikrimiz emas.

Treydingda hamma qaror ham strategiya bo'yicha qabul qilinmaydi.
Foyda, zarar va stress paytida miyadagi jarayonlar o'zgaradi. Dofamin ko'proq risk olishga, kortizol esa stress ostida noto'g'ri qaror qilishga ta'sir qilishi mumkin.

×2

Zarar odamga xuddi shu miqdordagi foydadan kuchliroq ta'sir qiladi. Shu sabab treyder zararli pozitsiyani uzoqroq ushlab turishi mumkin.

Kahneman & Tversky ·1979

Loss aversion · Nobel mukofoti

Dofamin

Foydani kutish mukofot tizimini faollashtiradi. Bu yana savdo qilish va ko'proq risk olish istagiga ta'sir qilishi mumkin.

Schultz, Kuhnen & Knutson ·1997-2005

Mukofot tizimi · fMRI

Kortizol

Kuchli stress qaror qabul qilishga ta'sir qiladi. Natijada treyder rejasidan chiqib, hissiyot bilan savdo qilishi mumkin.

Arnsten, Coates & Herbert ·2008-2009

PFC va stress

97%

Braziliyadagi 19 600 day-treyder bo'yicha tadqiqotda uzoq muddat davom etganlarning 97% zarar qilgan.

Chague et al. ·2020

19 600 treyder, Braziliya

TREYDER NATIJASIGA NIMA TA'SIR QILADI?

Strategiya muhim. Lekin uning o'zi yetarli emas. Barqaror savdo uchun risk boshqaruvi va psixologiya ham kerak.

Zibrock sizga tizim va kapital beradi

Formulani to'liq ko'rish

RAQAMLAR NIMA DEYDI

Nega treyderga shunchaki kapital berish yetarli emas?

Statistika oddiy narsani ko'rsatadi: treydingda uzoq muddat barqaror natija qilish qiyin. CFD treyderlarning katta qismi zarar qiladi, day-tradingda esa yillar davomida foydada qoladiganlar juda kam. Prop-tradingda ham challenge sotib olganlarning faqat bir qismi funded hisob va payoutgacha yetib boradi.

74–89%

Yevropa CFD hisoblari zararda — ESMA, 2018

97%

300+ kun savdo qilganlar minusda — Braziliya, 19 646 treyder

~1%

Prop mijozlaridan real pul topadiganlar — sanoat ma'lumoti

Biz uchun maqsad sizga yana va yana challenge sotish emas. Maqsad - siz funded hisobga o'tishingiz, natija ko'rsatishingiz va kapitalingizni scaling orqali oshirib borishingiz. Chunki Zibrock ham treyder uzoq muddat natija ko'rsatganda daromad qiladi.

To'liq raqamlar va rejani ko'rish

BIZ QAYERGA KETYAPMIZ

Biz qayerga ketyapmiz?

O'zbekistonda prop biznesi hajmi yiliga taxminan 10–12 mln $. Xalqaro CFD bozorining kunlik aylanmasi esa 0,9–1,5 trln $ — mahalliy bozordan o'ttiz ming barobar katta. Shuning uchun bizning biznes maqsadimiz aniq: hamkor bilan birgalikda aynan xalqaro bozordan daromad olish.

  1. BUGUN

    Kuchli treyderlar klubi

    Birinchi maqsadimiz - bilimga tayangan va barqaror natija ko'rsata oladigan 1 000 ga yaqin treyderni bir klubga jamlash. Bu bizning keyingi bosqichlarimiz uchun asos bo'ladi.

  2. KEYINGI BOSQICH

    Bilimga asoslangan brokerlik kompaniyasi

    Treyderlar bilan yig'ilgan tajriba va Zibrock tizimi asosida o'z brokerlik kompaniyamizni qurish. Markazida shunchaki savdo hajmi emas, treyder va uning uzoq muddatli natijasi turadi.

  3. KELAJAKDA

    Klub asosida hedge-fond

    Klubdagi eng kuchli va barqaror treyderlarni birlashtirib, ularning tajribasi va natijalari asosida professional fond tashkil qilish.

KAPITAL BIZDAN, NATIJA SIZDAN

Zibrock sizga faqat savdo kapitalini emas, riskni nazorat qilish va barqaror natijaga erishish uchun aniq tizimni ham beradi.