04Ustoz / Investor
TAJRIBA: 7–12 YIL · MIJOZ EMAS, BIZNES SHERIK
Moliyaviy mustaqillikka erishgan, barqaror daromadi va rezervi bor, kunlik ekran savdosidan charchagan veteran. U o'zini isbotlagan: treding o'yin emas, kasb — va u uddaladi. Endi u yolg'iz jangchi emas, qo'mondon: o'zi chiqqan cho'qqiga boshqalarni ham olib chiqmoqchi.
Tredingda 7–12 yil, barcha bosqichlardan o'tib, ortga qaytmas darajaga yetgan. Moliyaviy mustaqil — qo'rquvdan emas, intilishdan harakat qiladi.
Ommaviy figura: YouTube yoki Instagramda real savdo va tahlil beradi, O'zbekistonda uni ko'pchilik taniydi. Unga havas qiladigan minglab yoshlar bor. U endi pul ortidan quvadigan treyder emas — u tajriba sohibi, lider, yetaklovchi.
U treyder sifatida cho'qqiga yetgan va kunlik savdodan charchagan. O'sishi endi o'z ekranidan emas, boshqalar orqali kelishi kerak. Odamlarni keltira oladi (auditoriya bor), o'rgata oladi (tajriba bor) — lekin shogirtlarini funded va barqaror qiladigan infratuzilma yo'q.
Uning shogirtlari aksariyat minusda — bu uning aybi emas. U bor bilimini bergan; lekin psixologiya va money-menejmentni avtomat to'xtatadigan qat'iy tizim bo'lmasa, bu yo'l 6–7 yil oladi.
Shogirtlari qiziydi, sliv qiladi, ketadi — bu uning obro'siga ham, daromadiga ham zarar. U ko'p yechimni sinagan: qat'iy nazorat, motivatsiya, filiallar, prop olib berish — lekin barchasini bitta narsa yengib chiqdi: inson miyasining biologiyasi.
Biz u bilan treding haqida gaplashmaymiz va unga nima qilishni o'rgatmaymiz — treding bo'yicha aksincha, u bizning maslahatchimiz. Biz uning tajribasidan o'rganishga tayyormiz.
Biz unga sotuvdan emas — shogirtlarining daromadidan biznes qilishni va biz bilan ulushdor bo'lishni taklif qilamiz.
Revenue-share hamkorlik
U keltirgan har bir treyderdan emas — eng muhimi, o'z jamoasi topgan daromaddan ulush oladi. Profit splitdagi ulushimizni u bilan bo'lishamiz.
Jamoaviy akkauntlar + nazorat paneli
O'z jamoasini bitta tizim ostida, birgalikda joriy qilgan qoidalar ichida boshqaradi va statistikani ko'radi.
"Shogirtlaringni biz orqali funded qil"
U shogird keltiradi — biz ularni funded qilamiz va barqarorlikka olib chiqamiz.
Uzoq muddatli ulush
Bir martalik to'lov emas: shogird funded turguncha ustoz ham daromad oladi. Bu uni shogird soniga emas, sifatiga qiziqtiradi — va bu passiv daromad.
Barqarorlik tizimi
Uning eng katta og'rig'i — shogirtlar slivi. Biz miya himoyasi tizimini beramiz. U bilim beradi, biz barqarorlik beramiz.
MULOQOT
Savollaring — ochiq javob beramiz
Biz biznes quramiz — sen tajribangni, biz tizimni qo'shamiz.
Treding bo'yicha sen bizga o'rgatasan, biznes bo'yicha biz tayyormiz. Yuzlab funded shogird — yuzlab daromad keltiruvchi soat.