ZibrockZIBROCK

BIZ QANDAY BOSHLADIK

$870 000 zarar bergan birinchi qadam

#$870 000 lik dars · bitta haqiqat

Biz treydingga biznesdagi 10 yillik tajribamiz bilan kirdik. Orqamizda bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar bor edi va reja oddiy ko'rinardi: kuchli treyderni topamiz, unga kapital beramiz va birga daromad qilamiz.

Biz ham barcha kabi treding olamiga oson va katta daromadni rejalab kirdik — buni biznes sohasidagi 10 yillik tajribamiz va ko'plab muvaffaqiyatli loyihalarimizning davomi deb hisobladik. Lekin bu soha butunlay boshqacha bo'lib chiqdi.

  1. Boshlanish — ishonchga arziydigan treyder

    2024-yil oktyabrda biz bir treyder bilan tanishdik. U chet elda IT yo'nalishida o'qigan, 4 yildan beri savdo qilardi va 2 yillik barqaror savdo tarixiga ega edi. Hisobini $10 000 dan $160 000 gacha oshirgan.

    Tajriba bor, natija bor, tarix bor. Biz unga ishondik.

    Shartnoma tuzdik va kapital berdik. 5 oy davomida birga ishladik. Avval hammasi yaxshi ketdi, keyin kichik zararlar boshlandi va asta-sekin kattalashdi.

  2. Biz to'xtamadik — har bosqichda nazoratni oshirdik

    Bitta treyderning natijasiga qarab xulosa qilishni xohlamadik.

  3. 2025 APREL - AVGUST · NAMANGAN

    2-bosqich

    2025 APREL - AVGUST · NAMANGAN

    Bu safar bitta treyder emas, 3 yildan 7 yilgacha tajribaga ega 5 ta treyder bilan ishladik. Ularga kerakli sharoit yaratdik va kapital berdik.

    — barcha mablag' yo'qoldi

  4. 2025 IYUN - NOYABR · ANDIJON VA TOSHKENT

    3-bosqich

    2025 IYUN - NOYABR · ANDIJON VA TOSHKENT

    Keyingi safar nazoratni yanada oshirdik.

    — fond yopildi, mablag' yo'qoldi

  5. 2025 AVGUST - 2026 MART

    4-bosqich · eng yuqori nazorat

    2025 AVGUST - 2026 MART

    Keyingi savolimiz oddiy edi: balki muammo tajribadadir?

    — to'liq yo'qotish

  6. "RAZGON" VA MASHHURLAR

    BOSHQA FORMATLARNI HAM SINADIK

    Balki muammo treyderlarda emas, formatdadir deb o'yladik.

    — katta hajmli savdolar hisoblarni bo'shatdi

  7. BOZORNI ICHDAN O'RGANISH

    BOZORNI ICHIDAN O'RGANDIK

    Shundan keyin faqat treyderlarga kapital berish emas, treydingning o'zini chuqurroq o'rganishga o'tdik.

    — bir xil manzara takrorlandi

QONUNIYAT — HAMMA YO'L BIR XIL TUGADI

Biz hisobladik. Har bosqichda biz o'sdik: nazoratni oshirdik, tizimni mukammallashtirdik, yiqilishni sekinlashtirdik. Lekin bitta narsani hech qachon nazoratga ololmadik. Tajriba 2 yildan 15 yilgacha, mentor, ofis, jamoa, kurs, kapital — hech biri qulashning oldini olmadi. Iste'dodlilar ham, mashhurlar ham bir xil joyda yiqildi.

Tajriba intizomni kafolatlamaydi. Bilim emotsiyani to'xtatmaydi. Eng yaxshi treyderni "topish" yechim emas edi.

Muammo treyderda emas. Muammo — hammamiz e'tibordan chetda qoldirgan narsada: insonning tabiatida.

ILMGA BURILISH

Biz treding sohasini boshqatdan, bu safar ilmiy nuqtai nazardan o'rganishga qaror qildik. Endi forum va kurslar emas — manbalarga murojaat qildik: xalqaro tadqiqot institutlari, professor-olimlar, hedge-fondlarning ishlash prinsiplari, neyrobiologiya, va eng muhimi — xulq-atvor iqtisodiyoti bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorining xulosalari.

Va manzara oydinlashdi. Treyder pulini yo'qotganda, bu irodasizlik emas — bu miya kimyosi

FOYDA → DOFAMIN

Mukofot neyromediatori xavfli ishtahani uyg'otadi — "ko'proq, kattaroq".

ZARAR → KORTIZOL

Stress gormoni qasos savdosiga undaydi — "hozir qaytaraman".

Bu bitta odamning zaifligi emas — butun insoniyatning biologiyasi. Tajriba ham, mentor ham buni to'xtata olmadi, chunki ularning hammasi irodaga tayanardi — miya kimyosi esa irodadan kuchli.

TASDIQ — NATIJAGA ISHONCH

Biz yondashuvi ilmga asoslangan, hurmat qiladigan kompaniya — Gerchik & Co'ning risk-menejment qismida treyderni miya kimyosidan saqlaydigan qoidalar tizimini ko'rdik va undan foydalandik. Uch oy davomida aniq tizim bilan ishladik va stabillikka erishish mumkinligiga ishonch hosil qildik.

Gerchik & Co asoschilariga minnatdorchilik bildiramiz — ularning ilmiy yondashuvi bizga to'g'ri yo'nalishni ko'rsatdi.

Lekin bitta muhim kamchilikni ko'rdik: bu tizim ixtiyoriy edi — treyderning nazoratida, o'zgartirish mumkin. Va o'zgartirish imkoni bo'lgan joyda, miya kimyosi yana o'sha xatolarga qaytaradi.

SHUNING UCHUN BIZ KOMPANIYA QURDIK

Biz tushundik: treyderni aybdor qilish ham, mukammal treyderni izlash ham noto'g'ri yo'l. To'g'ri yo'l — treyderni o'z tabiatidan himoya qiladigan tizim qurish. Uni yolg'iz qoldirmaslik. Uning yo'lida birga yurish.

Bizning yondashuvimiz oddiy va biz o'rgangan xalqaro bilimlardan kelib chiqadi: biz treyderga qarshi emas, u bilan bir tomonda turamiz. Treyder — bizning hamkorimiz. Hamkorimiz bilan birga o'samiz va uning daromadiga sherik bo'lamiz. Unga nazariya emas, ilmga asoslangan, ishlaydigan tizim beramiz.