ZibrockZIBROCK

01Izlanuvchi

TAJRIBA: 0–12 OY

Tredingga endi kirib kelgan, ma'lumot okeanida cho'kkan treyder. Hali o'z strategiyasini topmagan, ko'pincha birovning signaliga ishonib savdoga kiradi — lekin yuragida aniq orzu bor: tredingda o'z barqaror yo'lini topish va chindan ishlay olishiga ishonch hosil qilish.

U KIM

Ko'pincha internetdan o'zi o'rgangan yoki bitta kursni tamomlagan. Qo'lida $5–10k kapital bor — lekin bu ko'pincha jamg'arma, qarz yoki oilaviy pul, shuning uchun mas'uliyat va psixologik bosim katta.

Tredingni asosiy ish yoki o'qish bilan parallel, ko'pincha kechqurun olib boradi.

MUAMMO VA ORZUSI

Bu bosqichda deyarli hamma bir xil yo'ldan o'tadi: har kuni yangi strategiya, yangi indikator, yangi "ustoz". Demo va kichik live orasida sakraydi, vaqti-vaqti bilan akkauntni "yondiradi". Har slivdan keyin sababni yangi strategiyadan qidiradi — holbuki haqiqiy sabab tizim va psixologiyada.

Bu uning aybi emas: internetda maslahat ko'p, lekin ilmiy asoslab tushuntiradigan yechim ko'rsatadigan deyarli yo'q.

U albatta natija va daromad xohlaydi — bu tabiiy, biz uni bundan qaytarmaymiz. Faqat yo'nalishini to'g'rilaymiz: tez foyda ortidan emas, avval mustahkam tizim va intizom — barqaror natijaga olib boradigan yagona yo'l.

QAYERDAN BOSHLASH

Bu bosqichda katta hisob sotib olishning hojati yo'q — senga kerak bo'lgani ko'proq sinov va mashq, kamroq bosim. Shuning uchun ochiq aytamiz:

"Bizdan 100k hisobni sotib olma. 5k hisobni arzonga bir necha bor ol."

Ko'proq sinov o'tkaz, ko'proq mashq qil va uzoqroq biz bilan qol. Kichik miqyosda, bosqichma-bosqich — avval demo, keyin haqiqiy va kichik challenge.

BIZNING TAKLIFIMIZ

Sen o'rgangan strategiyalar allaqachon yetarli. Biz seni uch narsa bilan to'ldiramiz: himoya, mashq maydoni va davra.

  • Himoya

    Bozorni his qilishni o'rganguningcha xatolaringni xavfsiz qilamiz — qattiq risk va zarar limitlari bilan, strategiyangga aralashmasdan.

  • Mashq maydoni

    O'z mablag'ingni yondirib qo'ymasliging uchun kichikroq risk bilan ko'proq sinov o'tkazib, bilimlaringni mustahkamlashga imkoniyat beramiz.

  • Davra

    Bu yo'ldan o'tib, xatolar qilib, og'riqlarni tatib ko'rgan va bugun o'z strategiyasini topgan tajribalilar orasida bo'lish imkoniyatini beramiz.

MULOQOT

Savollaring — ochiq javob beramiz

Yo'q. Strategiyangni biz o'zgartirmaymiz — uni xavfsiz va tizimli qilamiz. Risk va zarar limitlari setup'ingga emas, xatolaringni himoya qilishga qaratilgan.

KEYINGI BOSQICHGA TAYYORLIK

Bu foyda bilan emas, intizom bilan o'lchanadi: bitta metodda 20–30+ savdo va to'liq jurnal, risk qoidalarini buzmaslik, signalga ergashishni to'xtatib o'z setup'ingda ishlash, barqaror xulq. Natija emas — xulq barqaror bo'lsa, yo'l ochiladi.

NAVBATDAGI MAQSAD

Sayqallanuvchi bosqichi

Kichik miqyosda boshla — biz bilan uzoqroq qol.

Strategiyangni o'zgartirmaymiz — uni xavfsiz va tizimli qilamiz.