MAQSAD
Shuncha ishdan maqsad nima?
Bozorni o'rgandik, muammolarni tahlil qildik, treyderlar nega zarar qilishini ko'rdik va shu muammolarni kamaytirishga yordam beradigan tizim yaratdik. Endi asosiy savol - bularning barchasini nima uchun qilyapmiz?
Dunyodagi yirik moliya bozorlari ham bir kunda bugungi darajaga kelmagan. AQSh, Yevropa va Singapurda treyding yillar davomida rivojlanib, professional sohaga aylangan.
Vaqt o'tishi bilan bozor bilan birga bilim, tajriba va infratuzilma ham rivojlandi. Bugun bu bozorlarda treyding shunchaki "tez pul topish" emas, balki aniq qoidalar, risk boshqaruvi va professional yondashuv talab qiladigan soha. Hedge-fondlar, brokerlar va likvidlik provayderlari ham shu rivojlangan moliyaviy ekotizimning bir qismi.
Bizning bozorimiz hozir o'sha boshlang'ich bosqichda. Maqsadimiz — uni bilim bilan yetiltirishga hissa qo'shish. Biz butun tizimga qarshi emasmiz va hech kimni yo'lidan qaytarmaymiz: bilimga yondashamiz va bu yo'lni tushunganlar, biz bilan katta kelajak qurmoqchi bo'lganlar bilan davom etamiz.
Kelajakni bilim bilan quramiz. Maqsadlarimizga omad yoki hissiyot bilan emas, bilim, tajriba va tizimli yondashuv bilan erishamiz.
Har bir kuchli kompaniyaning asosi - o'rganish, tajriba qilish va bilimni amalda qo'llash.
VAZIFA
Biz aniq nima qilamiz
Bizning vazifamiz oddiy: treyderga riskni nazorat qilish, barqaror natija ustida ishlash va natijasi bilan birga kapitalini oshirib borish uchun tizim yaratish.
Risk nazorati
Risk va zarar limitlari hissiyot bilan qabul qilingan bitta qarorning butun hisobga ta'sirini cheklashga yordam beradi.
O'sib boruvchi yo'l
Barqaror natija ko'rsatganingiz sari savdo kapitalingiz ham bosqichma-bosqich oshib boradi.
Sizga mos bosqich
Har bir treyder o'z tajribasi va bosqichiga mos imkoniyat oladi. To'rt xil treyder - to'rt xil yondashuv.
Kuchli treyderlar community'si
Natija ko'rsatayotgan treyderlar Zibrock Club orqali boshqa kuchli treyderlar bilan bir davrada rivojlanadi.
"Bilim — hamkordan, tizim — bizdan."
WIN-WIN
Biz sizning natijangizdan manfaatdormiz
Zibrock modeli oddiy tamoyilga qurilgan: treyder yaxshi natija ko'rsatsa, kompaniya ham daromad oladi. Shu sabab bizning manfaatlarimiz bir tomonda.
Senga
Funded hisob, scaling tizimi va Zibrock Club. Natija ko'rsatganingiz sari kattaroq kapital bilan ishlash imkoniyati oshadi.
Bozorga
Tizimli kapital va tayyorlangan treyderlar. Maqsadimiz O'zbekistonda professional treyding muhitining rivojlanishiga hissa qo'shish.
Bizga
A-book va copy trading modeli orqali treyderlarning natijasidan daromad olamiz. Treyder natija ko'rsatishda davom etsa, Zibrock ham manfaatdor.
Biz hech kimni va hech qaysi kompaniyani ayblamaymiz — har bir biznes o'z maqsadidan kelib chiqib tizim quradi. Biz esa faqat raqamlar va ilmiy asoslarga tayanamiz.
DAROMAD MODELI
Biz qanday daromad qilamiz?
Bizning asosiy daromadimiz xalqaro bozordan keladi. Barqaror natija ko'rsatgan treyderlarning savdolari A-book orqali real bozorda takrorlanadi. Treyder daromad qilsa, Zibrock ham o'z ulushini oladi. Shu sabab biz treyderning uzoq muddatli natijasidan manfaatdormiz.
Marketing tadqiqotlari va xalqaro iqtisodchilar tahliliga ko'ra, O'zbekistondagi prop biznesi hajmi yiliga taxminan $10-12 mln. Xalqaro CFD bozorining kunlik aylanmasi esa $0,9-1,5 trln atrofida bo'lib, mahalliy bozordan o'n minglab barobar katta.
KELAJAK
Biz o'zimizni kelajakda qayerda ko'ramiz?
Rejamiz bosqichma-bosqich. Har bir keyingi bosqich avvalgisining natijasi asosida quriladi.
Kuchli treyderlar klubi
Bilim va barqaror natijaga tayangan 1 000 ga yaqin treyderdan iborat hamkorlar klubini yaratish. Maqsad - 3-5 yil.
Bilimga asoslangan brokerlik
Klubda to'plangan tajriba va yaratilgan tizim asosida treyder manfaatini markazga qo'yadigan brokerlikni rivojlantirish.
Klub asosida hedge-fond
Klubdagi eng kuchli va barqaror treyderlar tajribasi asosida jamoaviy fond tashkil etish.
Kuchli treyderlar klubi
Bilim va barqaror natijaga tayangan 1 000 ga yaqin treyderdan iborat hamkorlar klubini yaratish. Maqsad - 3-5 yil.
Bilimga asoslangan brokerlik
Klubda to'plangan tajriba va yaratilgan tizim asosida treyder manfaatini markazga qo'yadigan brokerlikni rivojlantirish.
Klub asosida hedge-fond
Klubdagi eng kuchli va barqaror treyderlar tajribasi asosida jamoaviy fond tashkil etish.
KAPITAL BIZDAN, NATIJA SIZDAN
Zibrock sizga faqat savdo kapitalini emas, riskni nazorat qilish va barqaror natijaga erishish uchun aniq tizimni ham beradi.