ZibrockZIBROCK

ILMIY ASOS

Treyding haqida ilm-fan nima deydi?

Treydingdagi qarorlarga faqat strategiya va bilim ta'sir qilmaydi. Foyda va zararni qanday qabul qilishimiz, stress, mukofotni kutish, ortiqcha ishonch va hissiy reaksiyalar ham qarorlarimizga ta'sir qilishi mumkin. Quyidagi tadqiqotlar treyding psixologiyasi, risk va qaror qabul qilish bilan bog'liq jarayonlarni turli tomondan o'rgangan.

ManbaYilNomi — asl / tarjimaAsosiy xulosalar va bazaviy raqamlar
Daniel Kahneman & Amos TverskyPsixologlar (Hebrew University / Stenford)
1979
Prospect Theory: An Analysis of Decision under Risk (Econometrica)Istiqbol nazariyasi: xavf sharoitida qaror tahlili
  • Zarar yutuqdan ~2 barobar og'irroq his qilinadi (loss aversion) — shuning uchun treyder zararni tan olmaydi.
  • Yutuqda odam xavfdan qochadi, zararda esa xavfga intiladi — SL surish va averaging shundan.
  • Qaror ratsional emas, "referens nuqta"ga nisbatan hissiy ravishda olinadi.

Baza: Tadqiqot: yuzlab ishtirokchilar bilan o'tkazilgan qaror qabul qilish tajribalari.

Brad Barber & Terrance OdeanMoliya professorlari, Kaliforniya universiteti (UC)
2000
Trading Is Hazardous to Your Wealth (Journal of Finance)Savdo boyligingiz uchun xavfli
  • Treyder qancha ko'p savdo qilsa, sof daromadi shuncha past.
  • Eng faol treyderlar bozordan sezilarli darajada orqada qoldi.
  • Sabab — bilim emas, ortiqcha savdo va komissiya.

Baza: ~66 000 xususiy hisob, 1991–1996. Eng faol 20%: ~11,4% sof yillik daromad; bozor: ~17,9%.

Wolfram Schultz, Peter Dayan & Read MontagueNeyrofiziologlar (Kembrij / UCL)
1997
A Neural Substrate of Prediction and Reward (Science)Bashorat va mukofotning neyron asosi
  • Dofamin mukofotning o'ziga emas, kutilmagan mukofotga va uni va'da qiluvchi signalga otiladi (reward prediction error).
  • Kutilgan mukofot kelganda dofamin javobi so'nadi — kutilmagani esa portlatadi.
  • "Yana bir savdo" istagi aynan shu kutish signalidan tug'iladi.

Baza: Primatlarda yakka neyron yozuvlari (laboratoriya neyrofiziologiyasi).

Amy ArnstenNeyrobiolog, Yel universiteti (Yale)
2009
Stress Signalling Pathways That Impair Prefrontal Cortex (Nature Reviews Neuroscience)Prefrontal korteksni buzuvchi stress signal yo'llari
  • Yuqori kortizol/stress prefrontal korteksni (ratsional markaz) susaytiradi.
  • Nazorat amigdalaga (qo'rquv, refleks) o'tadi — "o'ylab qaror" o'rnini "reaktiv qaror" oladi.
  • Aynan shu uchun "iroda bilan o'zimni tutaman" stress ostida ishlamaydi.

Baza: O'nlab tadqiqot sintezi (sharh maqolasi) — yagona namuna emas.

John Coates & Joe HerbertKembrij universiteti (neyrofiziologiya)
2008
Endogenous Steroids and Financial Risk Taking on a London Trading Floor (PNAS)London savdo zalida endogen steroidlar va moliyaviy risk
  • Kortizol darajasi bozor volatilligi bilan birga ko'tariladi.
  • Yuqori kortizol qarorni irratsional va xavfdan qo'rqoq qiladi.
  • Laboratoriya emas — real savdo zalida o'lchangan.

Baza: 17 ta erkak treyder, 8 ish kuni davomida (City of London).

Camelia Kuhnen & Brian KnutsonStenford universiteti (neyroiqtisod)
2005
The Neural Basis of Financial Risk Taking (Neuron)Moliyaviy risk olishning neyron asosi
  • Nucleus accumbens (mukofot markazi) faolligi xavfli qarordan OLDIN ko'tariladi.
  • Risk istagi yutishni kutgan paytda, hali yutmasdan tug'iladi.
  • Bu — FOMO va hajm oshirishning sof neyron mexanizmi.

Baza: fMRI laboratoriya tajribasi (ishtirokchilarning kichik guruhi).

Terrance OdeanMoliya professori, Kaliforniya universiteti (UC)
1998
Are Investors Reluctant to Realize Their Losses? (Journal of Finance)Investorlar zararni qayd etishdan tortinadimi?
  • Investorlar yutgan pozitsiyani sotib, yutqazganini ushlab turadi (disposition effect — statistik tasdiq).
  • Yutuqni zararga nisbatan sezilarli ko'proq tezlikda yopadi.
  • "Qaytadi" deb kutish — ratsional emas, hissiy himoya.

Baza: ~10 000 chakana broker hisobi.

F. Chague, R. De-Losso & B. GiovannettiSan-Paulu universiteti (USP), Braziliya
2020
Day Trading for a Living?Day-treding bilan kun ko'rsa bo'ladimi?
  • Day-treyderlarning 97% pul yo'qotgan.
  • Atigi 1,1% minimal maoshdan ko'proq topgan.
  • Tajriba (vaqt) yordam bermadi — ko'pchilik baribir zararda.

Baza: 19 600 day-treyder, 2013–2015. 97% zarar · 1,1% minimal maoshdan ko'p.

Barber, Lee, Liu & OdeanKaliforniya va Tayvan universitetlari
2014
The Cross-Section of Speculator Skill: Evidence from Day TradingSpekulyant mahoratining kesimi: day-tredingdan dalil
  • Day-treyderlarning juda kichik ulushigina (~1%) komissiyadan keyin izchil foyda ko'radi.
  • Ko'pchilik uchun ko'p savdo = barqaror zarar.
  • Mahorat real, lekin u juda kam treyderda uchraydi.

Baza: Tayvanning butun day-treyder populyatsiyasi, 15 yil (1992–2006).

Andrew Lo, Dmitry Repin & Brett SteenbargerMIT va klinik psixologiya
2005
Fear and Greed in Financial Markets: A Clinical Study of Day-TradersMoliyaviy bozorlarda qo'rquv va ochko'zlik: day-treyderlarning klinik tadqiqoti
  • Kuchli hissiy reaksiyaga beriluvchi treyderlar eng yomon natija ko'rsatadi.
  • Hissiyot — past natijaning belgisi va sababchisi.
  • Eng yaxshilar hissiyotni "boshqarmaydi", undan kamroq ta'sirlanadi.

Baza: Day-treyderlar ustida klinik kuzatuv tadqiqoti (kichik guruh).

Hersh Shefrin & Meir StatmanSanta-Klara universiteti (moliya)
1985
The Disposition to Sell Winners Too Early and Ride Losers Too Long (Journal of Finance)Yutuqni erta sotib, zararni uzoq ushlash moyilligi
  • "Disposition effect" atamasini fanga kiritdi.
  • Odam yutuqni erta yopadi, zararni esa juda uzoq ushlaydi.
  • Sabab — pushaymon qo'rquvi va "men haq edim" hissini saqlash.

Baza: Nazariy ramka + bozor ma'lumotlari bilan tasdiq.

Vijayraghavan va hamkasblarArnsten laboratoriyasi, Yel universiteti
2007
Inverted-U Dopamine D1 Receptor Actions on Prefrontal Neurons (Nature Neuroscience)Prefrontal neyronlarda dofamin D1 retseptorining "teskari U" ta'siri
  • Dofaminda "teskari U" qonuniyati: me'yorida — foydali, ortig'i — zararli.
  • Me'yordagi dofamin prefrontal korteksni optimallaydi.
  • Ortiqcha dofamin (euforiya) korteks samarasini tushiradi — nazorat zaiflashadi.

Baza: Primatlarda neyrofiziologik tajriba (laboratoriya).

Brad Barber & Terrance OdeanMoliya professorlari, Kaliforniya universiteti (UC)
2001
Boys Will Be Boys: Gender, Overconfidence, and Common Stock Investment (Quarterly Journal of Economics)O'g'il bola o'g'il bola: jins, ortiqcha ishonch va aksiya investitsiyasi
  • Ortiqcha ishonchli treyder ko'proq savdo qiladi va ko'proq yo'qotadi.
  • Ko'p savdo — yuqori ishonchning belgisi, lekin past natijaning sababi.
  • Ishonch bilim emas — u ko'pincha xavfni past baholaydi.

Baza: ~35 000 xususiy hisob, 1991–1997.

Brett N. SteenbargerKlinik psixolog, SUNY Upstate Medical University
2003-2015
The Psychology of Trading · Trading Psychology 2.0Treding psixologiyasi · Treding psixologiyasi 2.0
  • Psixologiya va risk-menejment strategiyadan muhimroq.
  • Barqaror treyder — eng yaxshi strategiyali emas, eng yaxshi o'zini boshqargan.
  • Yaxshilanish — qoidaviy, takrorlanuvchi mashq orqali keladi.

Baza: Treyderlar bilan ko'p yillik klinik amaliyot (aniq foiz keltirmagan).

Manbalar — sohaning tan olingan, retsenziyalangan ishlari. Neyrofiziologik tadqiqotlar mexanizmni ochadi (laboratoriya, kichik namuna); treding tadqiqotlari natijani isbotlaydi (o'n minglab real hisob). Zarar ko'rsatkichi izchil tarzda 70–90% (ba'zi bozorlarda 97% gacha) ko'rinishida beriladi.