ZibrockZIBROCK

HAMKORBIZ SEN BILAN BIRGA O'SAMIZ

$39dan$2 000 000gacha

To'langan puling to'liq qaytarib beriladi 1-payoutda

ENG KO'P TANLANGAN
0$
atigi $0
Boshlash

Scaling dasturi

Kapitaling kattalashgani sari, ulushing oshadi.

Treyder o'zi sotib olgan hisobda ishlaydi, challenge'dan o'tadi, 1-payoutga boradi va A-book'ka ulanadi — kapitali o'sgani sari ulushi, mukofoti va darajasi ham oshadi.

  1. 01Hisob
  2. 02Challenge
  3. 031-payout
  4. 04A-book
  5. 05Scaling
Sening kapitalingSavdo muddatiDaromad ulushiHar oylik mukofotHamkorlik darajasiRol
5 000$1 oy70 / 30HamkorTreyder
10 000$1 oy70 / 30HamkorTreyder
25 000$1 oy70 / 30HamkorTreyder
50 000$2 oy70 / 30HamkorTreyder
100 000$2 oy70 / 30Club a'zosiAmbasador
200 000$2 oy70 / 30Club a'zosiAmbasador
300 000$2 oy70 / 30Club a'zosiAmbasador
500 000$3 oy80 / 202 000$Club lideriMentorship
750 000$3 oy80 / 203 000$Club lideriMentorship
1 000 000$6 oy90 / 105 000$ZIBROCK jamoasiKompaniya yuzi
1 500 000$6 oy90 / 107 000$ZIBROCK jamoasiKompaniya yuzi
2 000 000$12 oy100 / 010 000$ZIBROCK jamoasiEksklyuziv takliflar va maxsus shartnoma
  • Barcha bosqichlarda profit target: 3–7%.
  • Scaling sharti: qoidalarga to'liq rioya + muntazam savdo jurnali.
  • Kompaniya treyderlarni real bozorda copy qilish orqali daromad oladi.

Real to'lovlar

Bizning muvaffaqiyatli treyderlar

Funded hisobdan real foyda olib, payout olgan hamkorlarimiz. Har bir sertifikat — tasdiqlangan to'lov.

Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati
Real to'lov sertifikati

Hamkorlar bilan tanishuv

Biz sizga nimani taklif qilamiz?

Treyderlar — bizning bo'lajak hamkorlarimiz. Har birining tajribasi, istagi va muammosi har xil. Shuning uchun ularga mos takliflar tayyorladik. O'zingga tanish bo'lganini top.

0–12 oy

Izlanuvchi

Bilim ko'p, lekin tizim yo'q. Har kuni yangi strategiya, yangi signal — natija esa tasodifiy.

Tanish holatmi?

Batafsil
Eng ko'p uchraydi

1–3 yil

Sayqallanuvchi

Foydali haftalaring bor, lekin oyni nolda yopasan. Qobiliyating bor - uni "oqizib" yuborasan.

Balki bu sendirsan?

Batafsil

3–7 yil

O'suvchi / kapital qidiruvchi

Strategiyang ishlaydi, foyda muntazam — lekin kapitaling kichik, daromading shu o'lchamida qotib qolgan.

Yaxshi treydersan, lekin kapital bilan bog'liq muammo bormi?

Batafsil

7–12 yil

Ustoz / investor

Auditoriyang bor, tajribang bor — lekin shogirtlaring qizib zarar qiladi. Birga ularni funded va barqaror qilamiz, sen ustoz va allokator sifatida o'sasan.

Hamkorlikni ko'rib chiqing.

Batafsil

Biz qanday tug'ildik

$870 000zarar

Birinchi qadamning narxi.

Biznes sohasidagi 10 yillik tajribamiz va ko'plab muvaffaqiyatli loyihalarimizdan so'ng, treding olamiga ham oson va katta daromad rejalab kirdik.

Ikki yillik barqaror savdo tarixi, beshtalik tajribali jamoa, 190 kishilik fond, 15 yillik veteran, top kurslar va mashhurlar — hammasiga ishondik, investitsiya qildik. Natija har safar bir xil bo'ldi: qulash.

Biz muhandis kabi har bir an'anaviy javobni sinab ko'rdik. Va bitta haqiqat ochildi:

Muammo treyderda emas edi.

«Boshqa treyderlar ham yo'qotib o'rganmasligi kerak. Tajriba uchun $870 000 va undan ko'prog'ini to'ladik.»

Psixologiya qopqonidagi bilim va strategiya

Emotsiyangni boshqar, nafsga berilma, qimor effektidan qoch bu — sen eng ko'p eshitgan, lekin foydasi deyarli tegmagan maslahat.

Kofe ichib xotirjam o'tirganingda hissiy va aqliy nazorating o'zingda bo'ladi. Grafik qarshisida, real puling "yonayotganda" esa — yo'q, hammasi nazoratingdan chiqib ketadi.

Narx harakatini to'g'ri tahlil qilasan, savdolaringning yarmidan ko'pini foydali bitimlar tashkil qiladi — lekin yakunda baribir hisobni yo'qotasan.

Bu xatolar zaiflik emas — inson biologiyasi. Biologiyani faqat tizim yengadi, iroda emas.

Bu xulosa fikr emas — jahon ilmiga tayanadi.

Sababi miyangda yoziladi

Yutganingda — dofamin

"Ko'proq" deydi

risk o'sadi

Yo'qotganingda — kortizol

"Qasos ol" deydi

qasos savdosi boshlanadi

Ilmiy asos

Bu — bizning fikrimiz emas.

Treyder strategiyani biladi. Lekin yutuqda dofamin, zararda kortizol miya nazoratini refleksga beradi.
Dunyoning yetakchi tadqiqotlari shuni isbotlaydi:

×2

Zarar yutuqdan ~2 barobar og'irroq his qilinadi — shuning uchun treyder zararni tan olmaydi.

Kahneman & Tversky ·1979

Loss aversion · Nobel mukofoti

Dofamin

Risk istagi xavfli qarordan oldin, yutishni kutgan paytda tug'iladi.

Schultz; Kuhnen & Knutson ·1997–2005

Mukofot tizimi · fMRI

Kortizol

Stress prefrontal korteksni susaytiradi, nazoratni amigdalaga — qo'rquv markaziga — beradi.

Arnsten; Coates & Herbert ·2008–09

PFC va stress

97%

Day-treyderlarning 97% pul yo'qotgan; atigi 1,1% maoshdan ko'p topgan.

Chague et al. ·2020

19 600 treyder, Braziliya

To'liq jadval: 14 ta tadqiqot — xulq-atvor, neyrofiziologiya va treding maydoni

Ilmiy manbalarni ko'rish

Muvaffaqiyat formulasi

Hamkordan bilim — ZIBROCKdan tizim (bilim + risk boshqaruvi + psixologiya)

Biz daromadingga sherikmiz

Formulani to'liq ko'rish

Raqamlar nima deydi

Hamkor, endi raqamlar bilan gaplashamiz

Regulyatorlar, akademiklar va prop-industriyaning o'zi e'lon qilgan 20 ta tekshiriladigan raqam — va ularga javoban bizning 12 oylik hamkorlik rejamiz.

74–89%

Yevropa CFD hisoblari zararda — ESMA, 2018

97%

300+ kun savdo qilganlar minusda — Braziliya, 19 646 treyder

~1%

Prop mijozlaridan real pul topadiganlar — sanoat ma'lumoti

Statistika — hukm emas, xarita. Xaritada esa boshqa yo'l bor — biz uni raqamma-raqam ko'rsatib berdik.

To'liq raqamlar va rejani ko'rish

MAQSAD VA KELAJAK

Biz qayerga ketyapmiz

O'zbekistonda prop biznesi hajmi yiliga taxminan 10–12 mln $. Xalqaro CFD bozorining kunlik aylanmasi esa 0,9–1,5 trln $ — mahalliy bozordan o'ttiz ming barobar katta. Shuning uchun bizning biznes maqsadimiz aniq: hamkor bilan birgalikda aynan xalqaro bozordan daromad olish.

  1. BUGUN

    Kuchli treyderlar klubi

    Bilimga tayangan, barqaror treyderlardan iborat ~1 000 kishilik hamkorlar klubi — 3–5 yillik maqsad.

  2. KEYINGI BOSQICH

    Bilimga asoslangan brokerlik kompaniyasi

    O'sha tajriba va tizim ustiga qurilgan, treyderni markazga qo'yadigan brokerlik.

  3. UNDAN KEYIN

    Klub asosida hedge-fond

    Eng kuchli hamkorlar tajribasi asosida tashkil etiladigan jamoaviy fond.

Matematik ustunlikka ega bo'ling

ZIBROCK bilan siz bozorda shunchaki savdo qilmaysiz, siz professional tizim qoidalari asosida harakat qilasiz va barqaror natijalarga erishasiz.